Линклар

Шошилинч хабар
19 апрел 2024, Тошкент вақти: 08:46

O‘z-TVda kanal ko‘paygani erkin so‘z nishonasimi?


Yangi telekanallar prezidentning “O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasining raqamli telekanallari sonini oshirish, ulardan to‘liq formatda foydalanish, sifatli boyitish va xizmat ko‘rsatish to‘g‘risida"gi qaroriga asosan tashkil qilinyapti.
Yangi telekanallar prezidentning “O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasining raqamli telekanallari sonini oshirish, ulardan to‘liq formatda foydalanish, sifatli boyitish va xizmat ko‘rsatish to‘g‘risida"gi qaroriga asosan tashkil qilinyapti.

2013 yil yanvaridan boshlab O‘zbekistonda "Dunyo bo‘ylab", "Madaniyat va ma‘rifat" va “Bolalar” telekanallari o‘z faoliyatini boshlaydi. “Qurultoy” dasturidagi muhokama ana shu mavzuga bag‘ishlandi.

Taniqli jurnalist Sharof Ubaydullayev, O‘zbekistonda sud ko‘paygani adolat, parlamentning ikki qanotli bo‘lgani esa plyurralizm alomati bo‘lmaganidek, kanal ko‘paygani so‘z erkinligini ta‘minlamaydi degan fikrni bildirdi.

Eshittirishda ishtirok etgan ëzuvchi, 10 yil mobaynida O‘zbekiston telekanalida sharhlovchilik qilgan Salomat Vafo o‘zbek telejurnalistlarining qanoti qayrilgan va qashshoq ahvolini bu kanallar o‘nglay olmaydi degan fikrda sobit bo‘ldi.

Xozir Shveytsariyada siësiy qochqin maqomida istiqomat qilaëtgan telejurnalist, O‘shdagi Mezon TVning sobiq rahbari Javlon Mirzaxo‘jayev kanallarning sohaviy tarmoqlanishini ijobiy baholadi.

Eshittirishda ishtirok etgan O‘zbekiston Ëshlar kanalining sobiq teleboshlovchisi Malohat Eshonqulova va mustaqil jurnalist Abdurahmon Tashanovlar jamiyat o‘zgarmaguncha O‘z-TV ham o‘zgarmaydi degan fikrni bildirishdi.

Qurultoy eshittirishini mana bu yerda tinglash mumkin.

Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:48:49 0:00
Бевосита линк
XS
SM
MD
LG