Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 06:32

Artur Taymazov Chevrolet Malibu avtomobili bilan taqdirlanadi


Chevrolet Malibu
Chevrolet Malibu
Londonda o‘tgan XXX Yozgi Olimpiadada O‘zbekiston uchun yagona oltin medalni qo‘lga kiritgan kurashchi Artur Taymazovga yangi Chevrolet Malibu avtomobili taqdim etiladi.

Bu haqda 12news.uz sayti xabar berdi.

Bronza medali sohiblari bokschi Abos Atoyev, dzyudochi Rishod Sobirov va kurashchi Soslan Tigiyevlarga esa Chevrolet Lasetti avtomobili kalitlari topshiriladi.

Avvalroq O‘bekiston prezidenti Islom Karimov farmoniga muvofiq uch karra Olimiada chempioni Artur Taymazov “El-yurt hurmati” ordeni bilan taqdirlangan edi.

Bronza medali egalari Rishod Sobirov va Soslan Tigiyevlar “O‘zbekiston iftixori” faxriy unvoni, Abbos Atoyev esa “O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan sportchi” faxriy nomi bilan mukofotlangan edi.

Bundan tashqari, Olimpiadada yutuqlarga erishgan sportchilar davlat g‘aznasidan pul mukofotlarini ham olishadi. Oltin medal uchun 150 ming, bronza uchun esa 50 ming AQSh dollari va‘da qilingan.
XS
SM
MD
LG