Линклар

Шошилинч хабар
28 март 2024, Тошкент вақти: 19:50

Vinokurov oltin medal olgan velosipedini auksionga qo'yadi


U.K. -- Kazakhstan's Alexandr Vinokurov celebrates as he wins the men's cycling road race at the London 2012 Olympic Games, 28Jul2012
U.K. -- Kazakhstan's Alexandr Vinokurov celebrates as he wins the men's cycling road race at the London 2012 Olympic Games, 28Jul2012
Qozog'istonlik mashhur velopoygachi Aleksandr Vinokurov London Olimpiadasida oltin medal qozonishga yordam bergan velosipedini auksionga qo'ymoqchi. Bu haqda "Sport-Ekspress" nashri xabar berdi.

Velosipedning boshlang'ich narxi 50 ming AQSh dollari bo'lishi aytilmoqda. Vinokurovning aytishicha, sentyabr oyiga belgilangan auksionda tushgan mablag' Qozog'istondagi bolalar uylariga tarqatiladi.

Sportda Vino laqabi bilan keng tanish Aleksandr Vinokurov Londonda o'tgan XXX Yozgi Olimpiadada 250 kilometr masofaga velopoygada birinchi kelgan edi.

30 yoshli sportchi Olimpiada oltin medalini qo'lga kiritganidan so'ng professional sport bilan hayrlashganini e'lon qildi.

1999 yildan beri xalqaro velopoygalarda qatnashib kelgan Vinokurov so'nggi yillari "Astana" velojamoasida faoliyat yuritib kelayotgan edi. 2000 yilgi Sindey Olimpiadasida sportchi guruh poygasida kumush medali sohibi bo'lgan.
XS
SM
MD
LG