Линклар

logo-print

Tojikiston: Bronza medali olgan olimpiyachiga uch xonali kvartira berildi


Tojikistonlik bokschi qiz Mavzuna Choriyeva London Olimpiadasida bellashuvdan so'ng ringda turib duo qilmoqda.

Tojikistonlik bokschi qiz Mavzuna Choriyeva London Olimpiadasida bellashuvdan so'ng ringda turib duo qilmoqda.

Dushanbe shahri hokimiyati London Olimpiadasidan Tojikiston uchun yagona medal olib kelgan Mavzuna Choriyevaga uch xonali kvartira taqdim etdi.

19 yoshli bokschi qiz Olimpiya o‘yinlarida bronza medali sohibi bo‘lgan edi.

Choriyevaga prezident va‘da qilgan 42 ming AQSh dollari, mahalliy banklardan biri va‘da qilgan Leksus rusumli avtomobil berilishi kutilmoqda.

Londonda o‘tgan XXX Yozgi Olimpiadada yutuqlarga erishgan O‘zbekiston sportchilariga ham pul mukofotlari, faxriy unvonlar va yangi avtomobillar taqdim etildi.
XS
SM
MD
LG