Линклар

Шошилинч хабар
18 апрел 2024, Тошкент вақти: 19:34

Abdulla Gul Bishkekda kasal bo‘lib qoldi


Qirg‘iziston davlat matbuotining xabar qilishicha¸ Bishkekka kelgan Turkiya prezidenti Abdulla Gul xastalanib¸ o‘z safari muhlatini qisqartirib¸ Anqaraga qaytishga majbur bo‘lgan.

Turkiy tilli davlatlar hamkorlik kengashi sammitida qatnashish uchun Qirg‘iziston poytaxtiga kelgan prezident Gul¸ aytilishicha¸ grippga chalinib¸ qattiq quloq og‘rig‘idan aziyat chekkan.

Mazkur sammitda Qozog‘iston va Qirg‘iziston prezidentlari¸ shuningdek Ozarbayjon Bosh vaziri ishtirok etdi.

Bishkek sammitida kengashga a‘zo davlatlar o‘rtasidagi iqtisodiy¸ madaniy-ma‘rifiy hamkorlikni kuchaytirish yo‘l-yo‘riqlari muhokama qilindi.

2009 yilda tashkil etilgan mazkur kengashga Ozarbayjon¸ Turkiya¸ Qozog‘iston va Qirg‘iziston a‘zo.

O‘zbekiston yillardan beri turkiy tilli davlatlar ishtirokidagi tizimlar faoliyatiga qo‘shilmay kelaëtir.
XS
SM
MD
LG