Линклар

Шошилинч хабар
28 март 2024, Тошкент вақти: 19:21

“Bunyodkor” stadioni bitay-bitay deb qoldi


"Bunyodkor" stadionining ichki ko'rinishi.
"Bunyodkor" stadionining ichki ko'rinishi.

Shu kunlarda Toshkentdagi “Bunyodkor” futbol maydoni qurilishi avjiga chiqqan. Quruvchilar zabtiga olib qizdirayotgan saraton oftobiga qasdma-qasd ter to‘kayaptilar. Changu loyga belangan yo‘lak va o‘rindiqlarni tozalash uchun Toshkent shahridagi bog‘cha, maktab va shifoxona xodimlari ham hasharga jalb etilgan.

34 ming muxlisni o‘z bag‘riga oladigan markaziy stadion 1 sentyabr – Mustaqillik bayramiga topshirilishi kerak. Rahbariyat, (aniqrog‘i prezident) xohishi shunday.

Qolaversa, poydevori ikki yil oldin qo‘yilgan stadion ochilishini muxlislar ham ko‘zi to‘rt bo‘lib kutayapti.

Quruvchilarning aytishicha, markaziy stadion ochilgani bilan ish tugamaydi.

Salkam 33 gektar maydonni egallagan majmuada hali qilinadigan yumushlar talaygina.

Barcha zamonaviy qulayliklarga ega stadion O‘zbekistonning eng ko‘rkam tomoshagohi bo‘lishiga va‘da berilgan.

XS
SM
MD
LG