Линклар

Шошилинч хабар
19 апрел 2024, Тошкент вақти: 05:31

Jon Lennon qotili ozodlikka chiqarilmadi


Jon Lennon qotili Mark Devid Chepmen. 1980 va 2012 yilda olingan suratlar.
Jon Lennon qotili Mark Devid Chepmen. 1980 va 2012 yilda olingan suratlar.
Afsonaviy "Bitlz" guruhi solisti Jon Lennonni otib o'ldirgan amerikalik Mark Devid Chempen yettinchi marotaba muddatidan oldin ozod etilish so'rovnomasiga rad javobini oldi.

Mahbuslarni belgilangan qamoq muddatidan oldin ozod etuvchi komissiya Chepmen ishini qayta o'rganib chiqib, uni ozod etish "fojeali yo'qotish ahamiyatini kamaytirishdir" degan xulosa chiqardi.

Bundan tashqari, komissiyaga ko'ra, taniqli qo'shiqchi qotilini ozodlikka chiqarish uning o'zi uchun ham xavfsiz emas.

Bir umrlik qamoq jazosiga hukm etilgan Chepmen bungacha olti marotaba ozod etilish so'rovnomasiga rad javobini olgan.

57 yoshga kirgan Chepmen har ikki yilda bir marta ozodlikka chiqish so'rovnomasini yozish huquqiga ega. Bu huquq unga 2000 yilda, 20 yillik qamoq jazosini o'taganidan so'ng berilgan edi.

1955 yili Texasda tug'ilgan Mark Devid Chempen 1980 yilning 8 dekabrida "Bitlz" guruhi a'zosi Jon Lennonni Nyu York shahrida otib o'ldirgan edi.
XS
SM
MD
LG