Линклар

Amerikalik taniqli velopoygachi Lans Armstrong AQSh Anti-Doping Agentligi tarafidan unga nisbatan ilgari surilgan ayblovlarga qarshi kurashishni to'xtatganini e'lon qildi.

Nufuzli Tour de France turnirida yetti marotaba g'olib bo'lgan Armstrong 1999 yildan beri sportda ta'qiqlangan preparatlarni iste'mol etganlikda ayblangan edi.

So'nggi yillar davomida ushbu ayblovlar bilan kurashib kelgan sportchi ularni "puch va asossiz" ekanligini aytib, doimo doping testlaridan salbiy natija bilan o'tib kelganini bildirdi.

Ayblovlar ortida turgan AQSh Anti-Doping Agentligi rahbari Travis Tigrant 40 yoshli Lans Armsrong barcha titul va yutuqlaridan mosuvo qilinishini hamda bir umrga velosportda chetlatilishini aytmoqda.

Doping testlarida biror marta ham ijobiy natija ko'rsatmagan Lans Armsrtong 1996 yilda saraton kasalligidan muvafaqqiyatli davolangan edi.

Endi velopoygachi oilasi bilan ko'proq vaqt o'tkazishini va diqqatini asosan o'zi boshqarib kelayotgan saraton kasalligiga qarshi kurash fondiga qaratishini bildirdi.
XS
SM
MD
LG