Линклар

Oyga qadam qo‘ygan birinchi inson, amerikalik astronavt Nil Armstrong 82 yoshida vafot etdi.

Yaqinlariga ko‘ra, Armstrongning o‘limiga yurak qon tomirlaridan qilingan jarrohlik amaliyoti asoratlari sabab bo‘lgan.

Nil Armstrong Apollo 11 missiyasi komandiri sifatida 1969 yilning 20 iyulida oyga qadam qo‘ygan birinchi insonga aylangan edi.

U o‘zining oy sathida qo‘ygan qadamini shunday tariflagan: “Bir odam uchun kichkina qadam, butun insoniyat uchun esa ulkan siljishdir”.

Apollo 11 missiyasi Nil Armstrong uchun so‘nggi fazoga uchish bo‘ldi.

1969-1972 yillarda jami 12 amerikalik astronavt oy sathida qadam bosgan.
XS
SM
MD
LG