Линклар

Farg‘onada yangi stadion quriladi


Toshkentda quralyotgan 35 ming kishilik "Bunyodkor" stadioni joriy yilning sentabr oyidan boshlab ishga turishiriladi.

Toshkentda quralyotgan 35 ming kishilik "Bunyodkor" stadioni joriy yilning sentabr oyidan boshlab ishga turishiriladi.

Farg‘ona shahrida 20 ming tomoshabinga mo‘ljallangan yangi stadion quriladi. Mazkur loyiha doirasida 6 milliard so‘m mablag‘ o‘zlashtiriladi.

Bu ish O‘zbekiston hukumatining kuni kecha tasdiqlangan “Farg‘ona shahri ijtimoiy va transport infratuzilmasi ob‘ektlarining qurilishini jadallashtirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq ravishda amalga oshiriladi.

Hujjatda Farg‘ona aeroportini rekonstruktsiya qilish tadbiri ham ko‘zda tutilgan. Aytilishicha, rekonstruktsiya ishlari doirasida aeroportda Rasmiy delegatsiyalar zali paydo bo‘ladi.

Har ikkala ob‘ektning 2013 yili foydalanishga topshirilishi kutilmoqda.
XS
SM
MD
LG