Линклар

logo-print

O‘zbekistonda yana yoqilg‘i taqchilligi kuzatilmoqda. Benzin bilan bog‘liq muammo nisbatan nazorat ostiga olingan bo‘lsa, mashinalari dizel yonilg‘isida yuradigan haydovchilar keyingi uch-to‘rt oydan beri sarson.

Qo‘lda sotilayotgan solyarka sifati o‘ta past bo‘lgani bois uni yengil avtomobilda ishlatib bo‘lmaydi, demoqda haydovchilar. Farg‘ona va Buxorodagi neftni qayta ishlash zavodlari dizel yonilg‘isi odatdagi hajmda ishlab chiqarilayotganini aytishmoqda. Dizel yetishmayotgani sabablaridan biri sifatida Rossiyadan import hajmi qisqargani aytilmoqda.

O‘zbekistonda keyingi ikki-uch yil davomida yonilg‘i bilan bog‘liq muammo hal bo‘lmay kelayotganini aytish mumkin. Ayniqsa, har yili paxta yig‘im-terim mavsumi bilan shaxsiy avtomobil egalari uchun bo‘hron boshlanadi. Bu davrda yoqilg‘i quyish shoxobchalariga yaqinlashib bo‘lmay qoladi.

Lekin bahor-yoz fasllarida benzin bilan bog‘liq muammo nisbatan yengillagan bo‘lsa, mashinalari dizelda yuradigan havaskor haydovchilar bir necha oydan beri piyoda qolgani kuzatilmoqda.

Dizel chiqmaganiga 4 oy bo‘ldi


Farg‘onalik 25 yashar Abdulaziz ismli tadbirkor shahar tashqarisidagi dalada piyoz va kartoshka ham yetishtiradi. Uning aytishicha, ayni dala ishlari qizigan so‘ngi 3-4 oy davomida traktorga quyish uchun solyarka topish mushkul vazifa bo‘lib qolgan.

- Dizel zapravkaga chiqmaganiga 3-4 oy bo‘lib qoldi. Bu yerda traktor ishlatamiz, yana bir-ikkita texnika ishlatamizda. Hammasi dizelda ishlaydi. Qo‘ldan qora dizel olinayapti. Traktorga quyib ishlatsa bo‘ladi, lekin yaxshi ishlamaydida baribir.

Traktorda zo‘rg‘a yonadigan dizel yonilg‘isini yengil mashinaga quyib bo‘lmaydi, deydi Abdulaziz.

- Uni birorta yaxshi mashinaga quymaysizda. Mashinaga quysa, mening bitta o‘rtog‘imning dizel mashinasi bor edi, o‘shani quydi, nimasidir kuydi deyaptida. Traktorku yuraveradi. Bir balo bo‘lib baqirib nima bo‘lsa ham yuradi. Ishlashi qiyin bo‘ladiyu, lekin ishlaydi.

Abdulazizning aytishicha, dizel yonilg‘isining narxi aksar AYoQShlarda sotiladigan A80 rusumidagi benzin narxi bilan bir xildir. Lekin qo‘lda hozir 3 mingdan 3 yarim ming so‘mgacha sotilmoqda.

- Zapravkada yo‘q. Zapravkada 80 benzin bilan dizelning narxi doimo bir xil yuradi. 80 benzinning narxi oshsa, uning ham narxi oshadi. Bir litrini 3000-3200-3500dan oldikda. Qo‘ldan, o‘zi sotadigan odamlari bo‘ladi. Birorta organizatsiyalarning shofërlari olib chiqib sotadi shekillida orttirib, deydi farg‘onalik suhbatdoshimiz

O‘zbekistonda ikkita neftni qayta ishlash zavodi bor. Farg‘ona va Buxorodagi zavodlar mutasaddilari, dizel yonilg‘isi odatdagi hajmda ishlab chiqarilayotganini aytishmoqda.

- Bizlarda kak polojeno otgruzka bo‘layapti (zavoddan chiqarilyapti-tahr.) aka. Toshkentdan qanday nima berilsa, Toshkentdan zayavka beriladi shunga qarab chiqarilyapti, dedi Buxoro neftni qayta ishlash zavodining o‘zini tanishtirmagan dispetcheri.

Bizga dizel yetib kelmaydi


Toshkentdagi yonilg‘i quyish shoxobchalaridan birining xodimi so‘nggi marta solyarka sotganini eslay olmasdigini aytadi. Ismini aytmasligimizni so‘ragan bu suhbatdoshimiz, dizel taqchilligi sabablari sifatida O‘zbekistonda paxta mavsumi boshlnayotgani va Rossiyadan importning kamayganini keltirdi.

- Dizel kelmaydi bizlarga. Hozir daladagi ishlar ko‘p. Dizel o‘sha ëqqa ketayapti.

Ozodlik: Dizel 3-4 oydan beri yo‘qku.

Endi Rossiyadan keladiganda u. Kam kelayapti. Davlat talabiga qarab davlat ishxonalari olayapti, deydi AYoQSh ishchisi.

Bu suhbatdoshimiz ham, havaskor haydovchilar solyarkani avtobus depolariyu qishloq xo‘jaligi sohasiga xizmat ko‘rsatadigan bazalardan olishayotganini aytadi.

O‘zbekistonda yonilg‘i taqchilligi paxta yig‘im-terim va bug‘doy ekish mavsumida avj pallasiga chiqshi hamda dala ishlari bilan bog‘liq transport va texnika vositalari asosan solyarka quyilishi e‘tiborga olinsa, yaqin kunlarda bu muammoning yanada keskinlashishini bashorat qilish mumkin, demoqda mutaxassislar.
XS
SM
MD
LG