Линклар

Шошилинч хабар
28 март 2024, Тошкент вақти: 21:41

Denis Istomin "US Open"da mag'lubiyatga uchradi


O'zbekiston birinchi raketkasi Denis Istomin.
O'zbekiston birinchi raketkasi Denis Istomin.
O'zbekiston birinchi raketkasi Denis Istomin "US open" tennis musobaqasining daslatbki bosqichidayoq yakkalik bahslaridan chetlatildi.

27 avgust kuni o'tgan uchrashuvda Istomin esnotiyalik dunyoning 80-raketkasi Yurgen Zoppga mag'lub bo'ldi. To'rt set davom etgan o'yin 6:3, 3:6, 3:6, 5:7 hisobida yakunlandi.

25 yoshli toshkentlik tennischi "US open" musobaqasini juftlik bahslarida rossiyalik Mixail Yelgin bilan birgalikda davom ettiradi.

Londonda o‘tgan Yozgi Olimpiada o‘yinlarida ikki raqibni mag‘lub etgan Denis Istomin uchinchi bosqichda dunyo birinchi raketkasi Rojer Federerga mag‘lub bo‘lgandi.

Olimpiadadan so'ng O‘zbekiston birinchi raketkasi Denis Istomin ATP dunyo reytingida 33-o‘rindan joy olgandi. Bu esa sportchi karyerasidagi eng yuqori ko‘rsatkichdir.
XS
SM
MD
LG