Линклар

Qirg'iziston hukumati rasmiy veb-sayti 28 avgust kuni ertalab noma'lum xakerlar tarafidan sindirildi.

O'zlarini "Group Hp-Hack" deya tanishtirgan xakerlar guruhi www.gov.kg saytida arab tilidagi guruh belgisi, o'zlarining elektron manzillari hamda Isroil va Falastin o'rtasidagi nizoni qoralovchi video va suratlarni qoldirishgan.

Ayni damda hukumat veb sahifasi yopiqligicha qolmoqda.

Avvalroq "Group Hp-Hack" guruhi Ukraina ichki ishlar vazirligiga tegishli qator veb-saytlarga hujum uyushtirgan edi.

Mazkur xakerlar guruhi Isroil hukumatining Falastinga nisbatan uyushtirayotgan hujumlarini keskin qoralab keladi.
XS
SM
MD
LG