Линклар

Facebookdagi eng keksa foydalanuvchi 101 yoshda


Florens Deltor Sheril Sendberg va Mark Zukerberg bilan (kattalashtirish uchun suratga bosing).

Florens Deltor Sheril Sendberg va Mark Zukerberg bilan (kattalashtirish uchun suratga bosing).

Dunyodagi eng katta Internet ijtimoiy tarmog'i Facebookdan asosan yoshlan qo'llanadi, degan fikr keng tarqalgan. Shu bois bo'lsa kerak foydalanuvchilar orasida nafaqat yoshlar, balki qariyalar ham borligini ko'rsatmoqchi bo'lgan Facebook vakillari eng keksa tarmoq a'zosi bilan uchrashishdi.

Dushanba kuni Menlo Park shaharchasidagi Facebook bosh qarorgohiga tashrif buyurgan Florens Detlor 101 yoshdadir. Ijtimoiy tarmoq vakillariga ko'ra, u qariyb bir milliard "aholisi" bor Facebookdagi eng keksa foydalanuvchidir.

Florens Detlor Menlo Parkda Facebook asoschisi 28 yoshli Mark Zukerberg va tarmoq operatsion rahbari Sheril Sendberg bilan uchrashdi.

Detlor xonim bilan birga tushgan suratini Sendberg o'zining Facebook sahifasida chop etdi. Suratni ayni damgacha 7 mingdan ziyod kishi "like" etgan.

1911 yilda tug'ilgan Florens Detlor Facebook tarmog'iga 2009 yilning agvust oyida qo'shilgan edi.

Hozirda Detlor xonimning Facebookda 1300 dan ziyod do'sti bor. 29 avgust kuni yangilangan so'nggi "status"ida u "sharxlar uchun hammaga rahmat. Rosa quvondim. Kaliforniyada yarim tun. Uxlash vaqti bo'ldi. Hammaga hayrli tun", deb qoldirdi.

Tarmoq berayotgan statistikaga ko'ra, o'zbekistonlik Facebook foydalanuvchilari soni 135 ming kishiga yetdi. Ularning asosiy qismini (77%) 35 yoshgacha bo'lganlar tashkil etadi.

Qiziq, o'zbekistonlik eng keksa Facebookchining yoshi qanchada ekan?
XS
SM
MD
LG