Линклар

logo-print
Madridning “Real” futbol klubi Ispaniya Superkubogi sovrindoriga aylandi.

29 avgust kuni "Santyago Bernabeu" stadionida “Barselona” jamoasiga qarshi o‘tgan javob o‘yinida “Real” 2:1 hisobida g‘alaba qozondi.

Uchrashuvdagi gollarga "Real"dan Gonsalo Iguain ('11) va Krishtianu Ronaldu ('19), "Barsa"dan esa Lionel Messi ('45) mualliflik qilishdi.

Aytib o'tish joiz, o'yin 28 daqiqasidan boshlan "Barsa" maydonda 10 kishi bo'lib harakatlanishga majbur bo'ldi. Hakam himoyachi Adrianoni qo'pollik uchun maydondan chetlatdi.

23 avgust kuni “Kamp Nou”da o‘tgan dastlabki uchrashuv 3:2 hisobida “Barselona” foydasiga yakunlangan edi.

Ikki o‘yinda umumiy hisob 4:4 bo‘lganiga qaramay, raqib maydonida kiritlilgan gollar nisbati bo‘yicha “Real” g‘oliblikni qo'lga kiritdi.

So'nggi uch yil davomida Superkubok finallari katalonlar foydasiga yakunlanib kelgan.

Ispaniya Superkubogida mamlakat chempioni va kubok egasi bellashadi.

29 agvust kuni o'tgan El-Klasiko uchrashuvidagi gollar:

Шарҳларни кўрсатинг

XS
SM
MD
LG