Линклар

AQShda bir guruh "anarxist harbiylar" davlat to‘ntarishini amalga oshirish va prezident Barak Obamani o‘ldirishga urinishda ayblanmoqda.

Jorjiya shtati sudi, hozirda, ushbu anarxistlar guruhi tarkibiga kirgani aytilayotgan to‘rt harbiy hizmatchi ishini ko‘rib chiqmoqda.

Prokuratura ma‘lumotlariga ko‘ra, ayblanuvchilar va ularning sheriklari o‘z rejalarini amalga oshirish uchun “Dahshat” deb nomlangan guruh tuzganlar va 87 ming dollarga qurol ham sotib olishni rejalaganlar.

Ularning asosiy maqsadi hukumatni ag‘darish va prezidentni o‘ldirish bo‘lgani aytilmoqda.
XS
SM
MD
LG