Линклар

Шошилинч хабар
26 апрел 2024, Тошкент вақти: 07:42

Belarusda onlayn muholif guruhlar administratorlari hibsga olindi


Belarusda Davlat Xavfsizlik Komiteti Internet ijtimoiy tarmoqlarida muholif guruhlarni boshqarib borgan besh nafar fuqaroni hibsga oldi.

Bu haqda mamlakatdagi "Vyasna" inson huquqlari markazi ma‘lum qildi.

Minsk shahrida to‘rt kishi, Vitebsk shahrida esa bir kishi hibsga olingani aytilmoqda.

"Vyasna" markazi ma‘lumotiga ko‘ra, hibsga olinganlar uylarida tintuv ishlari o‘tkazilgan va ularga tegishli kompyuterlar musodara etilgan.

Onlayn guruh administratorlari Internetdagi faolliklari bo‘yicha bir necha soat davomida so‘roya qilingan.

Hibsga olinganlarning uchtasi qo‘yib yuborilgani aytilmoqda.

Minsklik Pavel Yevtixiyev va Andrey Tkachovlarga “mayda bezorilik” aybi qo‘yilib, 5 va 7 kunlik qamoq jazosi belgilangan.
XS
SM
MD
LG