Линклар

logo-print
Londonda o‘tayotgan XIV Paralimpiya o‘yinlarining ikkinchi kunida o‘zbekistonlik dzyudochi Sharif Halilov kumush medalni qo‘lga kiritdi.

73 kg vazn toifasida bellashgan Halilov yarim finalda rossiyalik Shabdan Qurbonov ustidan g‘olib bo‘ldi. Final bosqichida esa ukrainalik Dmitro Soloveyga kurashni boy berdi.

Yozgi Olimpiya o‘yinlaridan so‘ng o‘tkaziladigan Paralimpiya musobaqalari nogiron va jismoniy imkoniyati cheklangan sportchilar uchun eng yirik xalqaro sport tadbiridir.

29 avgustdan 9 sentyabrgacha bo‘lib o‘tadigan XIV Paralimpiya o‘yinlarida O‘zbekiston sharafini 10 nafar sportchi uch sport turi bo‘yicha himoya qilmoqda.

Yozgi Olimpiada o‘yinlarida O‘zbekiston Olimpiya jamoasi bitta oltin va uchta bronza medalini qo‘lga kiritib jamoalar ro‘yxatida 47 o‘rinni egallagan edi.
XS
SM
MD
LG