Линклар

O‘zbekistonning 19 yoshlilardan iborat terma jamoasi (U-19) Osiyo Futbol federatsiyasi kubogi uchun Vyetnamda o‘tkazilayotgan xalqaro musobaqada o‘z tengdoshlari bo‘lgan avstraliyaliklarni 2:1 hisobida mag‘lub qildi.

Uchrashuvning 36-daqiqasida o‘zbekistonlik yosh futbolchilar o‘z darvozasiga bitta to‘p o‘tkazib yubordilar.

Ammo o‘yinning 80-daqiqasida Abdulaziz Yusupov hisobni tenglashtirishga muvaffaq bo‘ldi.

Uchrashuv so‘ngida Jahongir Abdumo‘minov tomonidan kiritilgan to‘p esa O‘zbekiston terma jamoasi g‘alabasini ta‘minladi.

O‘zbekistonlik yosh futbolchilar 4 sentyabrga belgilangan navbatdagi o‘yinda eronlik tengdoshlariga qarshi maydonga tushishi kutilmoqda.
XS
SM
MD
LG