Линклар

Шошилинч хабар
18 апрел 2024, Тошкент вақти: 20:22

Oq uy "Obama" qo‘lbola pivosining retseptini e‘lon qildi


Oq uy Barak Obamaning asaldan tayyorlanadigan pivosi retseptini ochiqladi.

Ikkinchi muddatga prezidentlikda qolishga bel bog‘lagan Obama saylovoldi uchrashuvlar payti bu pivoni o‘z saylovchilari bilan baham ko‘rgan edi.

13 ming odam Internetda shu pivoning retseptini talab qilib chiqishi ortidan Oq uy shu paytgacha sir tutib kelinayotgan Obama pivosining retseptini e‘lon qildi.

Oq uy oshpazlariga ko‘ra, pivo tayyorlash uchun uskunalar va masalliqlari uchun pulni prezident o‘z cho‘ntagidan to‘laydi.

Barak Obama Oq uyda qo‘lbola pivo tayyorlashni yo‘lga qo‘ygan birinchi AQSh prezidenti hisoblanadi.

Aytish joiz Obamaning saylovdagi raqibi Mitt Romnidir. Janob Romni mormon va uning dini spirtli ichimlik ichmaslikni taqazo qiladi.
XS
SM
MD
LG