Линклар

Шошилинч хабар
19 апрел 2024, Тошкент вақти: 14:24

Ruslan Chagayev yana bir g‘alabani qo‘lga kiritdi


Russia -- Ruslan Chagaev, heavyweight boxer from Uzbekistan, in a ring against Aleksandr Povetkin of Russia, 29Aug2011
Russia -- Ruslan Chagaev, heavyweight boxer from Uzbekistan, in a ring against Aleksandr Povetkin of Russia, 29Aug2011

Germaniyaning Oberxauzen shahrida germaniyalik Verner Kreyskottga qarshi ringga tushgan o‘zbekistonlik bokschi, sobiq jahon chempioni Ruslan Chagayev texnik nokaut bilan raqibi ustidan g‘alaba qozondi.

Ruslan Chagayev va Verner Kreyskot o‘rtasidagi jang 1 sentyabr kuni Oberxauzen shahrida tantanali boks kechasi doirasida bo‘lib o‘tdi.

Chagayevning qo‘li balandligi butun uchrashuv davomida sezilib turdi. Jangning 5-raundida o‘zbekistonlik bokschi ketma-ket zarbalar bilan raqibini nokdaun qildi.

Kreyskott o‘zini o‘nglab olishga muvaffaq bo‘ldi, biroq oradan bir daqiqa o‘tar-o‘tmas chap tomondan qattiq zarba yegan germaniyalik bokschi yana gandiraklay boshladi.

7-raunddagi 3-nokdaundan keyin esa referi jangni to‘xtatib, Ruslan Chagayev texnik nokaut bilan g‘alaba qozonganini qayd etdi.

Shu tariqa 8 raundga mo‘ljallangan jang muddatidan avval yakunlandi. Ayni paytda Germaniyada istiqomat qiluvchi o‘zbekistonlik Ruslan Chagayev uchun bu 2012 yilda o‘tkazilgan uchinchi jang bo‘lib hisoblanadi.

Rustan Chagayev va Verner Kreyskot o'rtasidagi jangning to'liq videosi:



Avvalgi ikki uchrashuv ham sobiq jahon chempioni g‘alabasi bilan tugagandi.

Ruslan Chagayev o‘tgan yil 27 avgust kuni Germaniyaning Erfurt shahrida Jahon chempionligi uchun jangda rossiyalik raqibi Aleksandr Povetkinga ochkolar hisobiga yutqazib qo‘ygandi.

Ammo shundan so‘ng o‘tkazgan qator reyting janglarining barchasida u g‘alaba qozonishga muvaffaq bo‘lgan.

Ayni paytda bu Chagayevning Universum Box-Promotion klubini tark etishi ortidan o‘tkazgan birinchi jangidir.

O‘tgan oy o‘zbekistonlik bokschi 10 yildan buyon shug‘ullanib kelgan Hamburgdagi Universum Box-Promotion klubi bilan shartnomasini buzgan va erkin agentga aylangandi.

O‘zbekistonlik bokschi kelasi yilning kuz oylarida yana Jahon chempionligi kamari uchun ringga chiqishni ko‘zlamoqda.
XS
SM
MD
LG