Линклар

Шошилинч хабар
20 апрел 2024, Тошкент вақти: 20:59

Permda Tojikiston fuqarosi otib o‘ldirildi


Germany -- A police sniper keeps watch from the roof of the Orangerie near Sanssouci Palace in Potsdam, 08Sep2010
Germany -- A police sniper keeps watch from the roof of the Orangerie near Sanssouci Palace in Potsdam, 08Sep2010

Permda o‘z xotini va 2 nafar bolasini o‘ldirish bilan tahdid qilgan 38 yoshli Tojikiston fuqarosi politsiyachi merganlar tomonidan otib o‘ldirildi.

Rossiya IIVning Perm o‘lkasi bo‘yicha Bosh boshqarmasi Sverdlovsk tumanida o‘z oilasini garovga olgan Tojikiston fuqarosiga qarshi olib borilgan maxsus amaliyot davomida olingan videolavhani Internetga chiqardi.

Perm o‘lkasi IIBsi matbuot xizmatidan olingan ma‘lumotga ko‘ra, 31 avgust kuni kechki soat 17:10 larda Permning Yangi Lyadi qo‘rg‘onida noma‘lum shaxs o‘z ayolini garovga olib, uyni portlatib yuborish bilan tahdid qilayotgani to‘g‘risida mahalliy politsiya bo‘limiga xabar kelib tushdi.

Hodisa joyiga yetib kelgan operativ xodimlar bu shaxs bir ayol bilan Mira ko‘chasidagi uylardan biridagi kvartirada joylashib olgani va qarshilik ko‘rsatishga tayyor ekanini aniqlashgan. Politsiyachilar bu shaxs bilan olib borgan muzokara davomida uy to‘liq snayperlar va maxsus guruh jangchilari tomonidan nazorat ostiga olingan, mahalliy aholi evakuatsiya qilingan.

Uyda yashiringan shaxs politsiyachilardan 300 ming rubl va muzokarani davom ettirish uchun garovga olingan xotinining singlisini olib kelishni talab qilgan.

Muzokara davomida bu shaxs toqati tog‘ bo‘lgani va uch daqiqadan keyin uyni portlatishini atyib, tahdid qilgan. Ayolni o‘ldirish uchun unga pichoq ko‘tarishi bilan bu shaxs qo‘shni uyning tomida joylashib olgan snayper tomonidan o‘ng yelkasidan og‘ir yaralangan. Ko‘p qon yo‘qotgani tufayli u “Tez tibbiy yordam” mashinasida jon bergan.





Permdagi Tojiklar jamiyati raisi Rahmatullo Mazoriyev Ozodlikka bu shaxs Tojikiston fuqarosi ekanini ma‘lum qildi. O‘ldirilgan tojikistonlik 38 yoshli yigitning ismi Muboraksho ekani, u Jaloliddin Rumi nohiyasidan ekani aytilmoqda.

Tojiklar jamiyati raisi Muborakshoning jasadi shu kunlarda Yekaterinburg orqali Dushanbega jo‘natilishini qo‘shimcha qildi.

Politsiya o‘ldirilgan shaxsning ismi-sharifini ochiqlamayotgani bois, dastlab uning fuqaroligi va millatiga oid turli taxminlar bor edi.

Jamiyat faolining so‘zlariga qaraganda, 38 yoshli bu yigit rus xotini bilan anchadan buyon nikohlari qonuniy qaydga olinmagan holda birga yashab kelishgan. Ularning ikki farzandi - 7 yashar o‘g‘li va 6 yashar qizchasi bo‘lgan.

Perm tergovchilarining dastlabki taxminlariga ko‘ra, er xotinidan o‘zini ular yashab kelayotgan kvartiraga doimiy propiskaga qo‘yishni talab qilgan. Bunga uyning egasi bo‘lgan xotin rozi bo‘lmaganidan keyin, katta janjal kelib chiqqan.
XS
SM
MD
LG