Линклар

“Telecom Innovations” qo‘shma korxonasi 2013 yilda O‘zbekistonda smartfon¸ planshet kompyuterlari va Internet ilovalari ishlab chiqarish loyihasini amalga oshirishni rejalamoqda¸ deb xabar berdi 12.uz axborot agentligi.

O‘zbekiston-Singapur qo‘shma korxonasi¸ xabarda aytilishicha¸ mazkur loyihani “Navoiy” erkin industrial-iqtisodiy hududida amalga oshiradi.

Agentlik ta‘kidicha¸ o‘tgan yil avgustida ushbu qo‘shma korxona Navoiyda raqamli televedeniye uchun tyunerlar ishlab chiqaruvchi 4¸25 million qimmatidagi zavodni foydalanishga topshirgan.

2011 yil fevralida ta‘sis etilgan “Telecom Innovations” qo‘shma korxonasining 50 foiz aktsiyasi Singapurning Servetechno Pte. Ltd shirkati¸ qolgan 50 foizi esa¸ O‘zbekTelekom va uning tarkibidagi shirkatga tegishli.

2008 yilda tashkil etilgan Navoiy erkin industrial-iqtisodiy hududida xorij sarmoyadorlariga maxsus imtiëzlar berilgan va hozirda bu hududda 16 dastur amalga oshirilmoqda.
XS
SM
MD
LG