Линклар

Ko'pchilik tarafidan intiqlik bilan kutilayotgan iPhone 5 smartfoni Apple shirkati tarafidan 12 sentabr kuni e'lon qilinishi mumkin. Bu haqda texnologiya dunyosini yorituvchi CNET News veb-sayti xabar qildi.

Veb-sayta ko'ra, Apple shirkati qator jurnalistlarga 12 sentabr kuni San-Fransiskoda o'tishi rejalashtirilgan taqdimot marisomiga taklifnoma yuborgan. Apple shirkati odatdagiday bo'lajak tadbir tafsilotlarini ochiqlamayapti. Jurnalistlarga yuborilgan taklifnomada faqat 5 raqamiga o'xshash soya tashlovchi 12 raqami bilan "It is almost here" (U deyarli shu yerda - tahr.) jumlasigina bor.

Avvalroq qator texno-bloglar Apple shirkati joriy yilning sentabr oyida yangi iPhone smartfoni va iPad planshetining kichikroq versiyasini e'lon qilishi haqidagi tahminlarni ilgari surgan edi.

iMore blogiga ko'ra, kelasi hafta e'lon qilinishi tahmin qilinayotgan yangi iPhone 21 sentabrdan boshlab sotuvga chiqadi.

Yangi iPhone da qanday funksiyalar bo'lishi hozirgacha aniq emas. Internetda paydo bo'lgan va yangi iPhone qismlari ekani aytilgan suratlarga asoslanib, iPhone 5 da ekran kattaroq bo'lishi, dok-stansiya va quvvat olish joyi kichikroq bo'lishini tahmin qilish mumin.

iPhone 4S smartfoni 2011 yilning 4 sentabrida taqdim qilingan edi.
XS
SM
MD
LG