Линклар

Turkiyaning Istanbul shahrida ilk marotaba Twitter mikroblogi orqali o‘tkazilgan nikoh to‘yi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Today'z Zaman nashri xabar berdi.

Istanbulning taniqli Uskudar mavzesida o‘tgan to‘ydagi nikohni rasmiy qayd etish marosimini mavze hokimi Mustafa Kara olib bordi.

O‘zi ham ijtimoiy tarmoqlarda faol bo‘lgan hokim Kara Twitter orqali avval kelin va kuyovdan bir-birini nikohga olishga rozi yoki rozi emasligini so‘radi. Kelin-kuyovlar oldilaridagi planshetlar orqali Twitterda o‘z roziligini bildirishdi.

Hokim nikohga guvohlik qilgan kelin va kuyov vakillarini ham mikroblog orqali shohidlik berishni so‘radi. Guvohlar ham Twitter orqali javob berishdi.

Hokim so'radi, kelin-kuyov rozi bo'ldi. Hokim Mustafa Karaning Twitter sahidasidan parcha.

Hokim so'radi, kelin-kuyov rozi bo'ldi. Hokim Mustafa Karaning Twitter sahidasidan parcha.


Shundan so‘ng Uskudar hokimi kelin-kuyovga nikohlarini rasmiy tarzda tasdiqlovchi hujjatni topshirdi.

Marosimni to‘yxonada yuzga yaqin mehmon kuzatgani aytilmoqda. To‘yni Twitterda kuzatganlar soni bir necha mingdan oshdi (Mustafa Karani Twitterda 10 mingdan ziyoz kishi o'qiydi).

Nikoh marosimini Twitterda o'tkazish fikri kuyov Chingozhon Chelikdan chiqqanga o'xshaydi. U ensonhaber.com veb-saytida ijtimoiy tarmoqlar muharriri vazifaisini bajaradi.

Kelin Jandan Janik esa Twitterda yangi. Uning mikroblogdagi birinchi xabari - "evet" ("ha" yoki "roziman" - tahr.) so'zi nikoh marosimida yozildi.

Nikoh tadbirlarida ijtimoiy tarmoqlardan foydalanish so'nggi yillarda ommalashib bormoqda. Uch yil avval Facebook yordamida o'tkazilgan nikoh marosimi videosi YouTube saytida xitga aylangan edi.


XS
SM
MD
LG