Линклар

Шошилинч хабар
20 апрел 2024, Тошкент вақти: 06:14

O‘zbekiston FIFA reytingidagi avvalgi pozitsiyasini boy berdi


Futbol bo'yicha O'zbekiston milliy terma jamoasi.
Futbol bo'yicha O'zbekiston milliy terma jamoasi.
Futbol assotsiatsiyalari xalqaro federatsiyasi (FIFA) kecha e‘lon qilingan reytingida O‘zbekiston terma jamoasi 470 ball bilan 70-o‘rinni egallagani qayd etilgan.

Bu o‘zbekistonlik futbolchilarning xalqaro reytingda o'tgan oyga nisbatan 7 pog‘ona pastga tushganini anglatadi.

Avgust oyi reytingida O‘zbekiston termasi 493 ball bilan 63-o‘rinni egallab turgandi.

Ayni paytda Osiyo qit‘asi komandalari o‘rtasida O‘zbekiston komandasi hali ham kuchli beshlikdagi pozitsiyasini saqlab turibdi. Avvalgi reytingdagi kabi bu gal ham O‘zbekiston terma jamoasi Yaponiya, Avstraliya, Janubiy Koreya va Eron komandalaridan keyin 5-o‘rinni egallab kelmoqda.

Mintaqa mamalakatlari orasida O‘zbekiston dadillik bilan birinchilikni saqlab qolmoqda.

FIFAning jahon reytingi birinchi uchtaligi o'zgargani yo'q - Ispaniya, Germaniya va Angliya.

O‘zbekistonning FIFA reytinggida egallagan eng yuqori pog‘onasi 2006 yil noyabr oyiga to‘g‘ri keladi. Unda terma jamoamiz jahon reytingida 45-o‘rinni olgan edi.

FIFAning navbatdagi reytingi keyingi oy boshida e‘lon qilinishi kutilmoqda.
XS
SM
MD
LG