Линклар

Шошилинч хабар
28 март 2024, Тошкент вақти: 23:28

Futbol: Bugun O‘zbekiston Quvaytga qarshi o‘ynaydi


Futbol bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi bugun, 7 sentyabr kuni Toshkentning “Paxtakor” markaziy stadionida Quvayt terma jamoasiga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvini o‘tkazadi.

Kecha ikkala jamoa ham rasmiy o‘yinoldi mashg‘ulotlarini o‘tkazgani haqida O‘zbekiston Futbol Federatsiyasi ma‘lum qildi.

Toshkent vaqti bilan soat 18:00 da boshlanadigan o‘rtoqlik uchrashuvida Mirjalol Qosimov boshchiligidagi O‘zbekiston terma jamoasi oq, Quvayt esa qizil liboslarda harakat qiladi.

Bugungi o‘rtoqlik uchrashuvi 11 sentyabr kuni JCh-2014 saralash o‘yinlari doirasida Janubiy Koreya terma jamaosiga qarshi o‘tadigan o‘yin oldidan tayyorgarlik sifatida ko‘rilmoqda.
XS
SM
MD
LG