Линклар

Шошилинч хабар
19 апрел 2024, Тошкент вақти: 17:24

Nokia reklamadagi yolg'oni uchun kechirim so‘radi


Nokia shirkati yangi smartfon reklamasidagi yolg'oni uchun rasmiy tarzda kechirim so‘radi.

Shirkatning yangi Lumia 920 mobil telefonini reklama qiluvchi videolavhada smartfonga o‘rnatilgan videokameraning o‘zgacha funktsiyalari ko‘rsatilgan.

Unda velosiped haydab ketayotgan kishi smartfon orqali videoga olayotgani va shunga qaramasdan video juda sifatli chiqqani tasvirga tushirilgan.

Biroq tasvirdagi oyna aksida video aslida smartfon yordamida emas, balki katta professional kamera orqali olingani ko‘rinib qolgan.

Ko'pchilik Nokia shirkatini smartfon xaridorlarini atayin chalg'itganlikda ayblamoqda.

Ushbu reklama chorshanba kuni Nyu Yorkda bo‘lib o‘tgan Lumia 920 smartfonining taqdimot marosimida ko‘rsatildi.

Lumia 920 bugungi kundagi eng sifatli kameraga ega smartfon deya taqdim etilgandi.

Finlyandiyada tashkil topgan Nokia shirkati 1980-yillardan beri mobil telefonlari ishlab chiqarish bilan shug‘ullanadi. 2011 yilga qadar shirkat mobil telefonlar bozorining eng katta qismini egallab kelgan edi.

Nokianing "hato" reklamasi:

XS
SM
MD
LG