Линклар

Шошилинч хабар
10 май 2024, Тошкент вақти: 13:41

Futbol: O‘zbekiston - Quvayt 3:0


Futbol bo'yicha O'zbekiston milliy terma jamoasi.
Futbol bo'yicha O'zbekiston milliy terma jamoasi.
Futbol bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi 7 sentyabr kuni Toshkentda o‘tgan o‘rtoqlik uchrashuvida Quvayt termasini 3:0 hisobida mag‘lub etdi.

“Paxtakor” stadionida o‘tgan o‘yindagi hisobni 19 daqiqada Rossiyaning “Alaniya” futbol klubida faoliyat yuritayotgan Sanjar Tursunov ochib berdi.

Qolgan ikki golga Qozog‘istonning “Aktobe” klubi hujumchisi Aleksandr Geynrix 45 va 47 daqiqalarda mualliflik qildi.

Mirjalol Qosimov o‘rtoqlik uchrashuvi davomida qator zahira o‘yinchilarini ham maydonda sinab ko‘rdi.

Eslatamiz, O‘zbekiston terma jamoasi 11 sentyabr kuni JCh-2014 so‘ngi saralash bosqichi doirasida Janubiy Koreya terma jamoasini qabul qiladi.

To‘rtinchi bosqichda O‘zbekiston ikki turdan so‘ng bir ochko bilan “A” guruhining to‘rtinchi o‘rinidan joy olgan. Guruhda Janubiy Koreya va Eron jamoalari peshqadamlik qilmoqda.

O'zbekiston - Quvayt o'rtoqlik uchrashuvida kiritilgan gollar videosi:

XS
SM
MD
LG