Линклар

Шошилинч хабар
20 апрел 2024, Тошкент вақти: 14:22

O‘zbekistonda “GAZel” ishlab chiqarilishi mumkin


Rossiyaning “Kommercheskiye avtomobili – gruppa GAZ” shirkati o‘z avtomobillarini O‘zbekistonda yig‘ishni rejalamoqda.

Bu haqda Podrobno.uz yangiliklar agentligi mazkur tashkilot mas‘uli Oleg Markov so‘zlariga tayangan holda xabar tarqatdi.

Markovga ko‘ra, shirkat hozirda O‘zbekistonda “GAZel” hamda yaqindagina taqdimoti o‘tkazilgan “GAZel Next” shassisi bazasida mikroavtobuslarni yig‘ish masalasini ko‘rib chiqmoqda.

Uning qayd etishicha, O‘zbekiston bu kabi ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish uchun qator afzalliklarga, xususan, yetarli quvvat va kadrlarga ega.

O‘zbekistonda texnikaga bo‘lgan talab ham yuqoriligini e‘tirof etgan Oleg Markov hozirda o‘z tashkiloti bu borada biznes-reja tayyorlash bosqichida ekanini, kelasi yilda bu reja O‘zbekiston hukumatiga taqdim etilajaginini bildirdi.
XS
SM
MD
LG