Линклар

Шошилинч хабар
28 март 2024, Тошкент вақти: 18:05

XIV Paralimpiada o‘yinlari nihoyasiga yetdi


Kecha Buyuk Britaniya poytaxti Londonda XIV Paralimpiada o‘yinlarining yopilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

166 mamlakatdan jismoniy imkoniyatlari cheklangan 4280 nafar sportchi ishtirok etgan mazkur o‘yinlarda medallar soni bo‘yicha Xitoy birinchi (95 oltin), Rossiya ikkinchi (36 oltin), Buyuk Britaniya komandasi esa uchinchi (34 oltin) o‘rinni egalladi.

10 sportchi bilan qatnashgan O'zbekiston paralimpik jamoasi bir kumush medal bilan umumiy jadvalda 67 o'rinni egalladi. Jamoadagi yagona medalni 73 kg vazn toifasida bellashgan dzyudochi Sharif Halilov olib keldi.

“Olov festivali” deb nom olgan tantanali yopilish marosimiga Olimpiada stadioni tribunalari turgan 80 ming tomoshabin guvoh bo‘ldi.

Marosim chog‘ida London meri Boris Jonson Paralimpiada bayrog‘ini Xalqaro Paralimpiada qo‘mitasi prezidenti Filipp Kreyvenga topshirdi, u esa, o‘z navbatida, bayroqni 2016 yilgi o‘yinlar o‘tkaziladigan Rio-de-Janeyro meri Eduard Paez qo‘liga tutqazdi. Shundan so‘ng Filipp Kreyven Paralimpiada o‘yinlarini yopiq, deb e‘lon qildi.
XS
SM
MD
LG