Линклар

logo-print
Frantsiya prezidenti Fransua Olland shanba kuni Beatles guruhi asoschilaridan biri Pol Makkartniga Faxriy legion ordenini topshirdi.

Yelisey qasrida o‘tkazilgan tantanali marosimda Olland Makkartnining musiqa rivojiga qo‘shgan “bebaho hissa”si va uning ko‘plab frantsuz qo‘shiqchilariga ko‘rsatgan ta‘sirini alohida qayd etdi.

Faxriy legion ordeni Napoleon Bonapart tomonidan 1802 yilda ta‘sis etilgan.

Pol Makkartni Ginnesning Rekordlar kitobida “Barcha davrlarning eng muvaffaqiyatli bastakor” o‘laroq e‘tirof etilgan.

1997 yilda qirolicha Yelizaveta II ommabop musiqa rivojiga qo‘shgan inqilobiy hissasi uchun Makkartniga ritsar unvonini bergan.
XS
SM
MD
LG