Линклар

Шошилинч хабар
20 апрел 2024, Тошкент вақти: 07:53

Obamani quchoqlab ko'targan qon donori


O'zbekistonda oddiy restoran egasi mamlakat prezidentini quchoqlab ko'tara oladimi? Bo'lmagan gap, deyishingiz mumkin. AQShda esa bu kabi holatlar tez-tez uchrab turadi.

Mamlakat bo'ylab saylovoldi turnesida yurgan Barak Obama 9 sentabr kuni Florida shtatining Fort Pirs shahriga tashrif buyurdi. Tashrifi chog'ida prezident fahriy qon donori sifatida nafaqat Fort Pirsda, balki butun AQShda tanilgan Skott Van Dazer bilan uchrashirsh uchun u boshqargan pitseriyaga bordi.

Bo'yi 190 sm, vazni esa 118 kg bo'lgan Van Dazer AQSh prezidentini qanday kutib olganini quyidagi videolavhada ko'ring:



Ko'rinishidan polvonga o'xshaydigan Van Dazer bilan uchrashgan prezident uni "umrida ko'rgan eng savlatli pitseriya egasi" ekanini aytib, uni og'ir atletikachilarga qiyosladi.

Kutilmagan uchrashuvdan quvongan Van Dazer esa Barak Obamani quchoqlab, bir ko'tarib qo'ydi. Na AQSh prezidenti, na uning ko'rinmas tansoqchilarni ochiq ko'ngil mezbonning bu harakatiga e'tiroz bildirishdi.

Big Apple Pizza & Pasta Restaurant pitseriyasi egasi Skott Van Dazerga ko'ra, prezident tashrifi haqida unga 40 daqiqa qolganda qo'ng'iroq qilib aytishgan.

CBS News telekanaliga ko'ra, Van Dazer respublikachi bo'lishiga qaramasdan o'tgan saylovlarda demokratchi Barak Obama uchun ovoz bergan. U bu safar ham AQShning birinchi qora tanli prezidentini qo'llamoqchi.

Eslatamiz, 6 noyabr kuni bo‘ladigan AQSh prezidentlik saylovlarida kurash prezident Barak Obama va respublikachi nomzod Mitt Romni o‘rtasida kechadi.
O‘tkazilgan ijtimoiy so‘rov Barak Obamaning ozgina oldinda ekanini ko‘rsatmoqda.
XS
SM
MD
LG