Линклар

Futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi bugun, 11 sentyabr kuni JCh-2014 saralash 4-bosqichi doirasida Janubiy Koreya terma jamoasini qabul qiladi.

Toshketning “Paxtakor” stadionida o‘tadigan uchrashuvda O‘zbekiston jamoasi an‘anaviy oq libosda, Janubiy Koreya jamoasi esa qizil libosda maydonga chiqadi.

O‘zbekiston futbol federatsiyasining ma‘lum qilishicha, o‘yinni bevosita kuzatish uchun 20 mingga yaqin futbol muxlisi kelishi kutilmoqda. Ulardan mingga yaqini Janubiy Koreya terma jamoasi muxlislaridir.

Afsuski, olgan jarohatlari tufayli O'zbekiston terma jamoasi asosiy tarkibi a'zolari Odil Ahmedov, Azizbek Haydarovlar va Vitaliy Denisovlar jarohatlari va betobligi tufayli Janubiy Koreyaga qarshi o'yinni o'tkazib yuboradilar.

Tarkibdagi yo'qotishlar haqida terma jamoa bosh murabbiyi Mirjalol Qosimov o'yin oldi matbuot anjumanida shunday dedi:

- Yo‘qotishlarga qaramay, ularning o‘rnida harakat qiladigan futbolchilar ularning o‘rnini bosa olishadi. Hayot shunaqa. Kimdir jarohat oladi, kimdir shamollab qoladi. 1994 yili Azamat Abduraimov gol urgan va o‘shanda terma jamoamiz g‘alaba qozongan. Azamatning golini haligacha eslab yurishadi. Ertangi o‘yinda qaysdir futbolchi gol urib, uni ham eslab yurishlarini istardim, - dedi bosh murabbiy.

Uchrashuv “Paxtakor” stadionida 18:00da boshlanadi. O‘yinni avstraliyalik hakamlar brigadasi boshqarib boradi.

Eslatamiz, saralash o‘yinlarining 4-bosqichida “A” guruhida bellashayotgan O‘zbekiston terma jamoasi ikki o‘yindan so‘ng bir ochko bilan to‘rtinchi o‘rindan joy olgan.

Braziliyada o‘tadigan Jahon chempionatiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri yo‘llanmani qo‘lga kiritish uchun O‘zbekiston termasi Janubiy Koreya, Eron, Qatar va Livan jamoalari bellashayotgan guruhda yo‘q deganda ikkinchi o‘rinni egallashi kerak.
XS
SM
MD
LG