Линклар

Шошилинч хабар
28 март 2024, Тошкент вақти: 21:49

iPhone 5 smartfoni e'lon qilinishi kutilmoqda


Ko‘pchilik tarafidan intiqlik bilan kutilayotgan iPhone 5 smartfoni Apple shirkati tarafidan bugun, 12 sentyabr kuni e‘lon qilinishi mumkin.

Avvalroq Apple shirkati jurnalistlarga 12 sentyabr kuni San-Fransiskoda o‘tishi rejalashtirilgan taqdimot marosimiga taklifnoma yuborgan edi.

Shirkat odatdagiday bo‘lajak tadbir tafsilotlarini ochiqlamayapti. Biroq jurnalistlarga yuborilgan taklifnomada 5 raqamiga o‘xshash soya tashlovchi 12 raqami tushirilgani bois ko‘pchilik kuzatuvchilar yangi smartfon taqdimotini aynan 12 sentyabr kuni kutish kerakligini aytishmoqda.

iMore blogiga ko'ra, yangi iPhone 21 sentabrdan boshlab sotuvga chiqishi mumkin.

Yangi iPhone da qanday funksiyalar bo'lishi hozirgacha aniq emas. Internetda paydo bo'lgan va yangi iPhone qismlari ekani aytilgan suratlarga asoslanib, iPhone 5 da ekran kattaroq bo'lishi, dok-stansiya va quvvat olish qismi kichikroq bo'lishini tahmin qilish mumin.

Iqtisodchilar yangi iPhone smartfonining AQShda sotuvga chiqishi mamlakat iqtisodiga yaxshigina turtki bo‘lishi mumkinligini bashorat qilishmoqda.

J.P.Morgan nufuzli moliyaviy tadqiqotlar markazi iqtisodchisi Maykl Feroliga ko’ra, yangi smartfon AQSh bozori rastalariga chiqishi bilan mamlakat yalpi ichki mahsuloti 0,5 foizga, ya’ni qaryib 13 milliardga o’sishi mumkin.

Apple yilning to‘rtinchi kvartalida sakkiz million iPhone 5 smartfonini sotishni rejalashtirilgan. Yangi smartfon narxi 600 dollar atrofida bo‘lishi aytilmoqda.
XS
SM
MD
LG