Линклар

Шошилинч хабар
18 апрел 2024, Тошкент вақти: 14:49

Kuk: iPhone 5 Apple yasagan eng mukammal smartfon


Apple shirkati chorshanba kuni San Fransiskoda taniqli iPhone smartfonining yangi modeli taqdimotini o‘tkazdi.

Shirkat vitse prezidenti Fil Shiller namoyish etilgan yangi iPhone5 ni “haqiqiy brilliant” deb ta‘rifladi. Shirkat prezidenti Tim Kuk esa yangi smartfonni "Apple shu kungacha yasagan eng mukammal mahsulot" deb aytdi.


Nega? Quyida iPhone 5 ning oldingi modellarga solishtirgandagi quylayliklarini keltiramiz:

  • - iPhone 5 og'irligi 112 gramm, qalinligi esa 7 millimetr. 4S modeliga qaraganda 20 yengilroq, 18% yuqparoq.
  • - Uning korpusi faqat shisha va alyuminiydan yasalgan. Shisha ekrani maksimal darajada tashqari kuchlarga bardoshli etib tayyorlangan.
  • - iPhone 5 protsessori 4S nikiga qaraganda ikki barobar kuchli. Unga A6 chipi o'rnatilgan. 4S chipi A5 edi. Bu esa smartfonni eng mukammal grafikali mobil uskunaga aylantirdi.
  • - Smartfon HSPA+, DC-HSDPA va LTE simsiz tarmoqlariga bemalol ulana oladi.
  • - Katta energiya talab qiluvchi yangi funksiyalariga qaramasdan, iPhone 5 batareyasi 4S nikiga qaraganda bir necha soat uzoqroqqa yetadi.
  • - Yangi smartfonning kamerasi 4S nikidagi kabi 8 mekapiskel. Biroq unga yangi, mukammalroq filtrlar o'rnatilgan. Bu esa ranglarni aniq va tiniq olinishiga imkoniyat yaratadi.
  • - Panorama funksiyasi yordamida Phone 5 egalari yuqori sifatli panorama (180 va undan oshiq gradusli) suratlarni olishlari mumkin.
  • - Kutilganidek, yangi iPhone da 4 dyuyumli Retina ekrani o'rnatilgan. 4S ekari 3,5 dyuym edi.
  • - iPhone 5 dok konnektori va quloqchinlari ham o'zgargan. Konnektor oldingilariga qaraganda 80% kichikroq. Quloqchin esa so'nggi texnologiyalar bilan yasalgani aytilmoqda.

Apple vakillari taqdimot marosimida iPhone ning yangi modeli bilan birga iOS 6 operatsion tizimi, yangi iTunes dasturi, yangi iPod Touch va Nano mahsulotlarini e'lon qildi.

Shirkat rahbari Tim Kukning aytishicha, Apple o'z narx siyosatini o'zgartirmadi. AQShda iPhone 5 ning 16 Gb modifikatsiyasi 199 dollar, 32 GB si 299, 64 GB si esa 399 dollar turadi. Bu narxlar AQSh mobil operatorlariga ulangan smartfonlar narxlaridi. "Factory unlocked", ya'ni hoxlagan SIM karta bilan ishlayveridagi "ochiq" iPhone 5 narxi kamida 699 dollar bo'lishi tahmin qilinmoqda.

iPhone 5 smartfoni sotuvga 21 sentabrdan chiqadi. Unga 14 sentabrdan boshlab Apple veb-sahifasi orqali "preorder", ya'ni oldindan buyurtma berish mumkin bo'ladi.

Iqtisodchilar yangi iPhone smartfonining AQShda sotuvga chiqishi mamlakat iqtisodiga yaxshigina turtki bo‘lishi mumkinligini bashorat qilishmoqda.

J.P.Morgan nufuzli moliyaviy tadqiqotlar markazi iqtisodchisi Maykl Feroliga ko’ra, yangi smartfon AQSh bozori rastalariga chiqishi bilan mamlakat yalpi ichki mahsuloti 0,5 foizga, ya’ni qaryib 13 milliardga o’sishi mumkin.

Apple ning yangi smartfoni O'zbekiston bozoriga qachon kelishi hali aniq emas.
XS
SM
MD
LG