Линклар

Шошилинч хабар
19 апрел 2024, Тошкент вақти: 06:37

Liviyada AQSh elchisi g‘azabnok olomon qurboniga aylandi


AQShning Beng‘ozida o‘ldirilgan elchisi Kristofer Stivens.
AQShning Beng‘ozida o‘ldirilgan elchisi Kristofer Stivens.

AQShning Liviyadagi elchisi Kristofer Stivens Amerikada suratga olingan Muhammad payg‘ambar va Islom dinini hajv qiluvchi "Musulmonlar gunohsizligi" filmidan tug‘ilgan zo‘ravonlik qurboniga aylandi.

Liviyaning yirik port shahri Beng‘ozidagi Amerika konsulxonasiga uyushtirilgan raketa hujumi oqibatida nobud bo‘lgan to‘rt diplomatdan biri bo‘lgan elchi Stivens 1991 yildan beri AQSh Davlat departamentida ishlab kelayotgan edi.

Arab va frantsuz tillarini mukammal bilgan Stivens bundan avval AQShning Saudiy Arabistoni¸ Misr¸ Suriya¸ Isroil va Liviyadagi elchixonalarida ishlagan.

Liviyada Muammar Qaddafiy hukronligiga qarshi qurolli isyon boshlanganida Stivens muxolifatga ko‘maklashish maqsadida Senat Tashqi aloqalar qo‘mitasidan Liviyaga Vashington namoyandasi sifatida jo‘natilgan edi.

Liviyadagi qabilalar va boshqa siyosiy-iqtisodiy kuchlar bo‘yicha mutaxassis bo‘lgan Stivens¸ WikiLeaksda Liviya yuzasidan chop etilgan mashhur diplomatik notalar muallifi ham edi.


Ливияда АҚШ элчиси ўлдирилди
Илтимос кутинг
Киритиш (Embed)

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:00:44 0:00


O‘shandagi AQSh Davlat kotibi Kondoliza Raysga yuborilgan maxfiy notalarda Stivens¸ Muammar Qaddafiyning ajabtovur qiliqlari va o‘zgaruvchan tabiati haqida qator tafsilotlarni keltirgan edi.

Qaddafiyni hokimiyatdan ag‘darishga qaratilgan xalqaro harbiy kampaniya nihoyasiga yetib¸ mamlakatni boshqarish O‘tish davri milliy hukumatiga topshirilgach¸ Stivens Tripoliga elchi qilib tayinlangan edi.

- Men inqilob paytida AQShning Liviya muxolifatidagi elchisi sifatida xizmat qilish baxtiga muyassar bo‘lganimdan faxrlanaman. Men liviyaliklarning o‘z haqlari himoyasi uchun oyoqqa qalqib¸ kurashga chiqqanini ko‘rishdan baxtiyorman. Va bugun men boshlagan ulug‘ ishimizni davom ettirish¸ sizga¸ Liviya xalqiga o‘z maqsadiga erishish yo‘lida yordam berish uchun AQSh va Liviya o‘rtasida kuchli hamkorlikni yo‘lga qo‘yish uchun bu yerga qaytganimdan baxtiyorman¸ degan edi bundan bir necha oy avval Liviyaga AQSh elchisi sifatida qaytgan Stivens.




AQSh Davlat departamenti rasmiy saytida yozilishicha¸ elchi Stivens¸ Liviya tarixidagi o‘ta muhim o‘tish davrida bu mamlakat xalqiga yordam berayotganidan nihoyatda faxr tuygan.

26 avgust kuni Tripolida AQSh elchixonasi konsulligi ochilishida so‘zlagan elchi Stivens¸ aksar liviyaliklarni qiziqtirgan – “AQSh qachon yana liviyaliklarga viza berishni boshlaydi?” degan savolga “Ertaga” deb javob bergan edi.

Beng‘oziga kelganidan bir yarim yil o‘tib¸ diktaturadan demokratiyaga o‘tish yo‘lini tanlagan liviyaliklarga yordam berishni niyat qilgan elchi¸ taqdir taqozosi bilan¸ o‘zi yordam bermoqchi bo‘lgani ana shu olomon qo‘lida jon berdi.

"Musulmonlar gunohsizligi"


AQShning Liviyadagi konsulligiga uyushtirilgan hujumga AQShning Kaliforniya shtatida yashovchi yahudiy tadbirkor tashabbusi bilan hozirlangan "Musulmonlar gunohsizligi" filmi tufayli tug‘ilgan g‘azab turtki bo‘lgani aytilmoqda.

Besh million AQSh dollariga suratga olingan bu havaskorlik filmida Muhammad payg‘ambar va umumiyatla Islom dini hajv qilinadi.

Ammo bu hajviy film tufayli diniy tuyg‘ulari haqoratlangan musulmonlar noroziligi oqibati kulgulik emas¸ balki fojeiy bo‘lmoqda – AQShning Liviyada o‘ldirilgan elchisi va uch diplomati ana shu g‘azablangan olomonning dastlabki qurbonlaridir.

11 sentyabr kuni Misr bo‘ylab bu filmga norozilik namoyishlari bo‘lib o‘tdi¸ 12 sentyabr kuni Beng‘ozidagi AQSh elchixonasi binosi kuyib kul bo‘ldi.

Islom diniga ko‘ra¸ Muhammad payg‘ambar qiyofasini kinofilmlarda tamsil qilish ham taqiqlangani holda¸ “Musulmonlar gunohsizligi” filmi mualliflari payg‘ambarni xotinboz¸ qonga tashna va aqli kalta odam sifatida hajv qiladi.

Filmning bir o‘rnida Muhammad payg‘ambar¸ o‘z hirsini qondirish uchun boshqalar xotiniga tajovuz qilishni ham Qur‘onga kiritishdan tap tortmaydigan shaxs qilib ko‘rsatiladi.

Filmdan iqtibos:

Muhammad: "Agar erlik xotin o‘zini payg‘ambarga topshirmoqchi bo‘lsa va payg‘ambar ham u bilan jinsiy aloqa qilishni istasa¸ unga¸ boshqalardan farqli¸ buning uchun ruxsat berilgan."

Murid: "Qur‘onda aytilgan Ollohning har bir kalimasi haqdir! Bizning islomiy yo‘limiz naqadar lazzatlik!"

Mazkur hajviy film tufayli musulmon dunyosida tug‘ilgan g‘azabdan qo‘rqqan uning ijodkori¸ Kaliforniyada yashaydigan yahudiy biznesmen hozirda bekinishga majbur bo‘lgan.

Ko‘chmas mulk sohasida yirik shirkat egasi bo‘lgan 56 yashar Sam Basil bu filmga sarflangan 5 million dollarni 100 dan oshiq yahudiydan tushgan xayriya evaziga to‘plaganini aytmoqda.

Sam Basil bundan avval Islomni zamonaviy dunyo “saratoni” deb atagan va bu "kasallik" oqibatida AQSh Afg‘oniston va Iroqda milliardlab dollar puli va askarlari jonini yo‘qotayotganini aytgan edi.

Filmning Youtube.com video portaliga qo‘yilgan 12 daqiqalik treyleridan uning o‘ta sayoz va arzon usulda suratga olinganini ko‘rish mumkin.

Filmning ikki soatlik to‘liq nusxasi faqat bir marta – Hollivuddagi kinoteatrlardan birida qo‘yilgan va muallif e‘tiroficha¸ unga deyarli hech kim kelmagan.

Hozircha bu film himoyasiga faqat bir shaxs – 2010 yilda Qur‘oni Karimni namoyishkorona yoqishdan tahdid qilgan floridalik pastor Terri Jouns chiqdi¸ xolos.

Misr va Liviyadagi zo‘ravonlikka aylangan norozilikka munosabat bildirgan nasroniy ruhoniysi¸ bu voqealar “musulmonlarning Muhammaddan boshqa hech bir masalada toqati yo‘qligini ko‘rsatdi”¸ deya bayonot berdi.

Ammo oddiy liviyaliklar¸ toqatlilikning ham chegarasi bo‘lishi kerak¸ degan fikrda:

- Liviyaliklar o‘z payg‘ambarlari haqida yomon so‘z qilganlarga toqat qilmaydi. Muhammad payg‘ambar Usama bin Ladin emas. U oddiy odam emas¸ u bizning payg‘ambarimizdir¸ deydi beng‘oziliklardan biri.
XS
SM
MD
LG