Линклар

Шошилинч хабар
18 апрел 2024, Тошкент вақти: 06:39

CPJ Azimjon Askarovni taqdirladi


Nyu Yorkdagi Jurnalistlarni himoya qilish qo‘mitasi Qirg‘izistonda tutqunlikda saqlanayotgan o‘zbek faoli Azimjon Asqarov erkin matbuot uchun xalqaro mukofotiga loyiq deb topdi.

Tutqunlikda 60 yoshini nishonlagan Azimjon Asqarov 2010 yil iyun hodisalari paytida Jalolobodga yaqin Bozorqo‘rg‘on tumanida uyushtirilgan xunrezliklarni video va fototasvirlarga olib hujjatlashtirgan, oradan bir necha kundan kuyon Qirg‘iz militsiyasi tomonidan hibsga olingan edi.

"Amnesti Interneshnl", "Hyuman Rayts Uotch" va qator xalqaro tashkilotlar Azimjon Asqarov ustidan mahkamani soxta ayblovlarga hamda siyosiy sababalarga asoslangan deya keskin tanqid etdilar va janob Asqarovning zudlik bilan ozod etilishiga chaqirdilar.
XS
SM
MD
LG