Линклар

Gulnora Karimova uyushtirgan haftalikka keladigan jahon yulduzlari aniq bo‘ldi


Sting Gulnora Karimova bilan Toshkentda o‘tgan moda haftaligida.

Sting Gulnora Karimova bilan Toshkentda o‘tgan moda haftaligida.

Gulnora Karimova tashabbusi bilan har yili o‘tkazilayotgan Art Week Style.Uz san‘at haftaligida joriy yilda jahon yulduzlaridan kimlar qatnashishi aniq bo‘ldi.

Haftalik rasmiy saytining ma‘lum qilishicha, 4-9 oktyabrь kunlariga rejalashtirilgan haftalikka jahon yulduzlaridan britaniyalik xonanda Sofi Elis-Bekstor, amerikalik bastakor Kris Botti, gretsiyalik qo‘shiqchi Demis Rusos tashrif buyuradi.

Art Week Style.Uz haftaliklarida avvalgi yillari Sting, Eros Ramazotti, Xose Karreras, Montserrat Kabale singari yulduzlar ishtirok etishgan.
XS
SM
MD
LG