Линклар

Шошилинч хабар
19 апрел 2024, Тошкент вақти: 19:10

Afg'onistonda YouTube sayti yopiladi


Afg'oniston hukumati Islom olamida norozilik paydo qilgan film tufayli mamlakat ichida YouTube videoxostingiga blok qo'yish haqida qaror chiqardi. Bu haqda Reuters axborot agentligi ma'lum qilmoqda.

Eng taniqli videoportal Afg'onistonda qancha muddatga yopilishi hozircha aniq emas. Mamlakat hukumati 12 sentabr kuni veb-saytni vaqtincha yopib qo'ygan edi. Vaqtincha blok 90 daqiqa davom etgan, holos.

Bunday qarorga YouTube saytidagi Islom dini va Muhammad Payg‘ambarni hajv qiluvchi "Musulmonlar sofdilligi" filmi ortidan qator mamlakatlarda sodir etilgan tartibsizliklar turtki bo'lgani aytilmoqda.

Amerikada Sem Beysil tarafidan tasvirga olingan filmdan g‘azablangan qurolli olomon chorshanba kuni Liviyaning Beng‘ozi shahridagi AQSh konsulxonasiga bostirib kirgan va granatalar otishgan. Hujum oqibatida AQShning Liviyadagi elchisi Kristofer Stivens halok bo‘ldi.

Misr poytaxti Qohirada esa norozilar va politsiya o‘rtasida sodir bo‘lgan to‘qnashuvda 200 odam jabrlangan. Misr prezidenti Muhammad Mursiy “Musulmonlar sofdilligi” filmini qoraladi va ayni paytda fuqarolarni zo‘ravonliklardan tiyilishga chaqirdi.
Norozilik namoyishlari Livan, Iroq, Tunis, Marokko, Sudan va Bangladeshda ham bo‘lib o‘tdi.

YouTube vakillari "Musulmonlar sofdilligi" filmini veb-saytdan olib tashlash tavsiyasini rad etishdi, biroq film videosiga kirish yo'lini Misr va Liviyada to'sib qo'yishdi..

Isroil fuqarosi bo‘lgan 55 yoshli nasroniy-kopt Beysil kecha o‘z hayoti xavf ostida ekanini bildirgan edi. U ayn damda politsiya tarafidan qo'riqlanmoqda.

Beysilning 2010 yilda moliyaviy qallobliklar uchun javobgarlikka tortilgani aytilmoqda.
XS
SM
MD
LG