Линклар

Шошилинч хабар
19 апрел 2024, Тошкент вақти: 18:32

Odil Ahmedov mashg'ulotlarga kirishdi


Odil Ahmedov
Odil Ahmedov
Rossiya premyer-ligasining "Anji" futbol klubining o'zbekistonlik yarim himoyachisi Odil Ahmedov yakka tartibda mashg'ulotlarni boshladi.

Bu haqda "Anji" klubi rasmiy saytida ma'lum qilindi.

- "Anji" to'liq tarkibda mashg'ulotlarni o'tkazishni boshlagani barchani quvontirmoqda. Hattoki, yaqinda jarrohlik amaliyotini o'tkazgan Odil Ahmedov ham yakka tartibda mashg'ulotlar zalida shug'ullanishni boshladi, - deb yoziladi "Anji" saytida.

24 yoshli namanganlik Odil Ahmedov avgust oyida Yevropa ligasi o'yinlarida doirasida Gollandiyaning "Vitess" klubiga qarshi o'tgan uchrashuvda oyog'idan jarohat olgan edi.

Ahmedov 21 avgust kuni Germaniyada jarrohlik stoliga yotgan. Shifokorlarning aytishicha, uning to'liq oyoqqa turishi uchun 7-8 hafta vaqt kerak bo'ladi.

O'zbekistonlik futbol muhlislari Odilni 16 oktyabr kuni JCh-2014 saralash o'yinlarida doirasida o'tadigan O'zbekiston - Qatar uchrashuvigacha sog'ayub ketishiga katta umida bildirishmoqda.
XS
SM
MD
LG