Линклар

Kurash sport turi bo'yicha uch karra Olimpiya o'yinlari chempioni Artur Taymazov Shimoliy Osetiya rahbari Taymuraz Mamsurov qo'lidan mamlakatning eng oliy mukofoti - "Osetiya shurati" orderni hamda uch xonali kvartira kalitini qabul qilib oldi.

- Artur Taymazov – bu, jahon sporti afsonasi. Bu – Osetiyani butun jahonga mashhur qilgan insondir. Uning sportda ko'rsatgan natijalarini XXI asr so'nggiga qadar ehch kim takrorlay olmaydi, – dedi Taymuraz Mamsurov.

33 yoshli kurashchi Artur Taymazov o'z tarixiy vatanida ko‘rsatilgan e’tibor uchun minnatdorchilik bildirdi.

- Butun Osetiya xalqi buni istagan edi. Parvardigorning marhamati ila men 3 karra Olimpiya o'yinlari chempioni bo'ldim. Endi Osetiyada Olimpiadada uch bor g'olib chiqqan sportchi bor, - dedi Artur Taymazov.

10 sentabr kuni Shimoliy Osetiyaga borgan Taymazov aeroportdan shahargacha oq kabreolet mashinasida olib ketildi. Avtomobil uzra uchib borgan samolyot esa sportchi ustiga qizil atirgul yaproqlarini sochib bordi.

120 kg vazn toifasida kurashadigan Artur Taymazov 1979 yili Shimoliy Osetiyada tug'ilgan. Rossiya Fuqarosi bo'lgan Taymazov 2000 yilda O'zbekiston fuqaroligi oldi va shundan beri xalqaro musobaqalarda O'zbekiston bayrog'i ostida chiqib keladi.

London Olimpiadasidagi g'alabasidan so'ng Taymazov O‘zbekiston Prezidenti tarafidan "El-yurt hurmati" ordeni bilan mukofotlangan edi.

Bundan tashqari, Artur Taymazovga oltin medal uchun va'da qilingan 150 ming dollarga sertifikat va yangi "Chevrolet Malibu" avtomobili kaliti topshirildi.

Eslatamiz, Londonda o'tgan Yozgi Olimpiya o'yinlarida 13 sport turi bo'yicha 54 sportchi bilan qatnashgan O'zbekiston jamoasi bir oltin va uchu bronza medali bilan umumiy ro'yxatda 47-o'rinni egallagan edi.
XS
SM
MD
LG