Линклар

O‘zbek futbolining 100 yillik yubileyiga bag‘ishlangan tantanalarda dunyo futbolining bir qator yulduzlari, jumladan, Zayniddin Zidan, Devid Bekxem, Krishtianu Ronaldu yoki Lionel Messi ishtirok etishi mumkin.

Buni O‘zbekiston Futbol federatsiyasi rasmiylariga yaqin manbalardan olingan norasmiy ma‘lumotga asoslanib Uff.uz Internet sayti xabar qildi.

Manbaga ko‘ra, hozirda nomlari keltirilgan dunyo futbol yulduzlarini O‘zbekistonga olib kelish bilan bog‘liq tashkiliy ishlar olib borilmoqda.

O‘zbek futbolining 100 yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosim 28 sentyabr kuni "Bunyodkor" klubining Toshkentdagi yangi stadionida o‘tkazilishi rejalangan.

XS
SM
MD
LG