Линклар

Шошилинч хабар
10 май 2024, Тошкент вақти: 22:48

Rossiyada "GM Uzbekistan" avtomobillari savdosi kamaydi


"GM Uzbekistan" korxonasining Asakadagi avtoparki.
"GM Uzbekistan" korxonasining Asakadagi avtoparki.
2012 yilning yanvar-avgust oylarida Rossiyada "GM Uzbekistan" AQSh-O‘zbekiston qo‘shma korxonasida ishlab chiqarilgan avtomobillar savdosi olti foizga kamaydi.

Yevropa biznes uyushmasining avtomobil ishlab chiqaruvchilar qo‘mitasi statistik ma‘lumotiga asoslanib, Uzinform nashrining xabar qilishicha, Rossiyada joriy yilning sakkiz oyida O‘zbekistonda yig‘ilgan 59.452 dona avtomobil sotilgan.

O‘tgan yilning dastlabki sakkiz oyi davomida Rossiyada O‘zbekistonda yig‘ilgan 63.131ta avtomobil sotilgan.

2012 yil avgust oyida Rossiyada Neksiya avtomobili savdosi olti foizga ko‘paygan. Matiz avtomobili savdosi esa 14 foizga kamaygan.

Joriy yil sakkiz oyi natijasiga ko‘ra, "GM Uzbekistan" Rossiyada eng ko‘p avtomobil sotgan shirkatlar ichida sakkizinchi o‘rinni saqlab qolgan.
XS
SM
MD
LG