Линклар

logo-print
Futzal bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi o‘rtoqlik uchrashuvlarini o‘tkazish uchun 17 sentyabr kuni Portugaliyaga uchib ketdi.

Bu haqda O‘zbekiston Futbol federatsiyasi ma‘lum qildi.

Terma jamoa 18 va 19 sentyabr kunlari Portugaliya terma jamoasiga qarshi ikki o‘rtoqlik uchrashuvini o‘tkazadi.

Birinchi o‘yin Villa-Real shahrida, ikkinchi o‘yin esa Pezu-da-Regua tumanida o‘tishi rejalashtirilgan.

Futzal bo‘yicha Portugaliya terma jamoasi kuchlilar qatoriga kiradi. Jamoa 2010 yilgi Yevropa chempionatida ikkinchi o‘rinni egallagan.
XS
SM
MD
LG