Линклар

Endigina tandirdan Xitoydagi zavodlardan chiqqan iPhone 5 smartfonlarini sotishni boshlagan Apple aksiyasi narxi shirkatning tarixiy maksimumi - 700 AQSh dollarga yetdi.

Dushanba kungi birja savdolarida shirkat aksiyasi 699,33 dollardan sotila boshladi. Kun so'ngida esa aksiya narxi 699,80 gacha ko'tarildi.

Tahlilchilar "tishlangan olma" shirkati aksiyalarining narxi oshishiga 12 sentabr kuni e'lon qilingan iPhone 5 smartfoni sabab bo'lganini aytishmoqda.

Ma'lumot o'rnida: Ko'pchilik tarafidan intiqlik bilan kutilgan iPhone 5 smartfonning oldingi 4S versiyasidan asosan 4 dyuymli ekran, ikki baravar tez protsessori va o'zgacha dizayni bilan farqlnanadi.

Bundan tashqari, Apple shirkati bergan statistikaga ko'ra, oldindan buyurtmalar qabul qilishning birinchi kunidayoq 2 million iPhone 5 smartfoni sotilgan. Bu esa iPhone 4S ko'rsatgichidan ikki barobar ko'pdir.

Yangi smartfon savdo rastalariga 21 sentabrdan boshlab chiqadi. Tahlilchilar birinchi kvartalda 50 million iPhone 5 sotilishini tahmin qilishmoqda. Bu ko'sratkich esa Apple aksiyalari narxini yanada qimmatlatishi mumkin.

Avgust oyida bozor narxi 623 milliard AQSh dollariga tengligi aytilgan Apple kompaniyasi tarixdagi eng qimmat shirkatga aylangandi. Bugungi kunda shirkat bozor narxi 656 milliardni tashkil etadi.
XS
SM
MD
LG