Линклар

logo-print
Mashhur futbol telehaftaligi – “FIFA Futbol Mundial” ko‘rsatuvi ijodkorlari oktyabr oyida O‘zbekiston futboli haqida dastur tayyorlashadi.

Bu haqda O‘zbekiston Futbol federatsiyasi matbuot xizmati ma‘lum qildi.

Dunyoning 20 davlatida ko‘rsatiladigan teledastur ijodkorlari Toshkentga 3 oktyabr kuni kelishib, to‘rt kun davomida yangi ko‘rsatuv ustida ishlashadi.

Tashrif chog‘ida ijodkorlar Toshkentning “Bunyodkor” va Avstraliyaning “Adelaida Yunayted” jaamoalari ishtirokidagi Osiyo Chempionlar Ligasi doirasida o‘tadigan o‘yinni bevosita kuzatishadi.

Bundan tashqari, “Futbol Mundial” mualliflari O‘zbekistonning yetakchi klublari bilan yaqindan tanishishi hamda taniqli o‘yinchi va murabbiylar bilan suhbatlar o‘tkazishi kutilmoqda.

Eslatamiz, O‘zbekiston joriy yilda o‘zbek futbolining 100 yilligini nishonlamoqda.
XS
SM
MD
LG