Линклар

Шошилинч хабар
25 апрел 2024, Тошкент вақти: 11:41

Saudiya Arabistoni ham YouTube saytini to‘sib qo‘ydi


Saudiya Arabistoni AQShda suratga olingan “Musulmonlar gunohsizligi” filmi tufayli mamlakat ichida YouTube saytiga to‘siq qo‘ydi.

Avvalroq Saudiya hukumati YouTube xizmatiga egalik qilayotgan Google shirkatiga aksilislomiy deb tan olingan filmga eltuvchi ishoratlarga blok qo‘yish haqida so‘rovnoma yuborgan edi.

Hozirda Google shirkati Misr, Hindiston, Indoneziya, Liviya va Malayziyada portalning ushbu filmga eltuvchi yo‘llariga to‘siq qo‘ydi. Ammo kompaniya bu filmni portaldan olib tashlash so‘rovini so‘z erkinligini cheklamaslik niyati bilan rad etgan.

Qator mamlakatlarda norozilik namoyishlariga sabab bo‘layotgan “Musulmonlar gunohsizligi” filmi tufayli Pokiston va Afg‘oniston hukumatlari o‘z hududlarida YouTube saytini to‘sib qo‘yishdi.

YouTube saytiga nisbatan chora ko‘rish masalasi Rossiya Dumasida ham ko‘rib chiqilmoqda.
XS
SM
MD
LG