Линклар

Fransiyada Keyt Midltonning yalang‘och suratini bosgan jurnal sotuvdan olindi


Britaniya qirolligi nevara kelini Keyt Midlton.

Britaniya qirolligi nevara kelini Keyt Midlton.

Fransiya sudi seshanba kuni "Closer" jurnali tahririyatini Britaniya qirolligi nevara kelini Keyt Midltonning yarim-yalang‘och surati bosilgan sonlarini sotuvdan olish va suratchilarni 24 soat ichida qirollikka topshirish haqida hukm chiqardi.

Bundan oldin fransuz prokurorlari bu suratlarning chop etilishi bo‘yicha tergov boshlagan edi.

Suratchilar shu oy avvalida shahzoda Uilliams bilan Fransiyada dam olayotgan Ketrinni siynabandsiz holda suratga olgan va keyinchalik bu surat "Closer" jurnalining 14 sentyabr kungi sonida chop etilgan edi.

Keyinchalik bu surat Italiyada chiqadigan "Chi" jurnalida berildi. Har ikki jurnal Italiyaning sobiq Bosh vaziri Silvio Berluskonining oilasiga qarashli ekani aytilmoqda.

Bundan tashqari, Irlandiyada chop etiladigan "The Daily Star" jurnali ham 15 sentyabr kuni Keyt Midlton oilasining e‘tiroziga sabab bo‘lgan suratlarni e‘lon qildi.
XS
SM
MD
LG