Линклар

Futzal bo‘yicha O‘zbekiston milliy jamoasi Portugaliyaga qarshi dastlabki o‘rtoqlik uchrashuvida 2:5 hisobida imkoniyatni boy berdi. Bu haqda O‘zbekiston Futbol federatsiyasi rasmiy sayti xabar tarqatdi.

Uchta to‘p farqi bilan mag‘lubiyatga qaramay, O‘zbekiston terma jamoasi o‘z kuchli raqibiga qarshi munosib qarshilik ko‘rsata oldi¸ deb maqtov bilan yozadi O‘FF sayti.

Portugaliya Futbol federatsiyasining rasmiy saytiga tayangan holda o‘yinni sharhlagan mutbot xizmati¸ o‘zbekistonlik futzalchilar portugaliyaliklarga munosib qarshilik ko‘rsatishgan va hatto Nodir Eliboyevning goli o‘yin tizginini o‘zbeklar tomoniga og‘ishi mumkinligini bayon etgan.

Biroq shunday bo‘lsada o‘yin yakunida o‘zbekistonlik futzalchilar 5:2 hisobida imkoniyatni boy bergan.

O‘zbekiston terma jamoasi ayni vaqtda Portugaliyada yig‘in o‘tkazmoqda va yig‘in davomida mahalliy terma jamoaga qarshi ikkita o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazishi rejalashtirilgan edi. Ikkinchi o‘rtoqlik uchrashuvi 19 sentyabr kuni Vila-Real shahrida o‘tkaziladi. O‘yin Toshkent vaqti bilan 22:00 da boshlanadi.
XS
SM
MD
LG